16:06 / 07.12.2015
1922

OAV: so‘nggi 11 oy davomida Germaniyaga millionga yaqin muhojir kelgan

2015 yilning 11 oyi davomida Germaniyaga 960 mingdan ziyod muhojir kelgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga asoslanib, Passauer Neue Presse nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, u ma'lumotlarni mamlakat politsiyasi qochqinlarni ro‘yxatga oluvchi EASY-System tizimidan olgan. Unga ko‘ra, qochqinlar soni noyabr oyiga kelib 356 ming nafarga oshgan.

YeI ichki chegaralari qo‘rqilash agentligi bo‘lmish Frontex bergan ma'lumotga ko‘ra, 2015 yilda Yevroittifoq hududiga 1,2 mln muhojir kelgan. Yevrokomissiya jahondagi migratsiya inqirozi Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng yuqori cho‘qqiga chiqqan.

Top