20:27 / 07.12.2015
5029

Reuters: Turkiya HHK samolyotlari koalitsiya parvozlarida ishtirok etmoqda, ammo Suriyadagi IShID marralariga zarba bermayapti

Turkiya harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyotlar AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida parvozlar uyushtiryapti, ammo 24 noyabrdan buyon Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar bergani yo‘q. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq turli OAVlarda Qo‘shma Shtatlar Turkiyani kontrterrorizm harbiy operatsiyalariga qatnashishga chaqirmayotgani, Su-24M voqeasi sabab darz ketgan Anqara va Moskva munosabatlarini qayta tiklash borasida vaqt berayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga 65 mamlakat kiradi.

Top