08:21 / 07.12.2015
2504

Saakashvili Ukraina korrupsiya tufayli har yili 5 mlrd dollardan ko‘proq pul yo‘qotayotganini aytdi

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina korrupsiya tufayli har yili 5 mlrd dollardan ko‘proq pul yo‘qotayotganini aytdi.

Saakashvili bu haqda Odessada bo‘lib o‘tgan antikorruptsion forum doirasida aytib o‘tdi.

“Joriy hukumat davrida davlat korxonalaridan rasman 120 mlrd grivna o‘g‘irlangan. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sxemalar bo‘yicha iqtisodiyotdan 5 mlrd dollar oqib ketgan, yalpi ichki mahsulot 20 foizga tushib ketgan. Bundan tashqari, hukumat hech qanday yaxshilanishni va'da bermayapti. Men keltirgan raqamlarimga javob beraman. Kim buning barchasiga javob beradi? Bilmadim. Normal davlatlarda bularga hukumat javob beradi”, deb aytdi Saakashvili.     

Avvalroq Saakashvili ukrainalik tadbirkorlar Rinat Axmetov va Igor Kolomoyskiyni mamlakatdagi eng yirik korruptsionerlar deb atagandi. Saakashvili, shuningdek, “Narodniy front” deputatlari Nikolay Martynenko va Andrey Ivanchuk hamda oligarx Dmitriy Firtashni ham korruptsionerlar qatoriga qo‘shgan. Saakashvilining aytishicha, ularga Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ko‘mak ko‘rsatadi.

Top