12:22 / 07.12.2015
2159

Tayvanda denge bezgagiga chalinganlar soni 40 ming kishidan oshdi

Tayvan tarixidagi eng yirik tropik bezgak epidemiyasi tufayli denge virusli infeksiyasiga chalinganlar soni 40.5 ming kishidan oshib ketdi. Mahalliy sog‘liqni saqlash xizmatlarining xabar qilishicha, ulardan 184 nafari olamdan o‘tgan.

Eng xavfli epidemiologik vaziyat orol janubi-g‘arbidagi Taynan ma'muriyatida (22 689 xastalik holati, 112 o‘lim holati) va Gaosyun port shahrida (17 092 xastalik holati, 70 o‘lim holati) kuzatilmoqda.

Ayni paytda orolda har kuni 200ga yaqin yangi xasta ro‘yxatga olinmoqda. Infektsiya tarqalishda davom etishiga asosiy sabablardan biri qishning issiq va quruq kelishi bo‘ldi.

Top