13:22 / 07.12.2015
17170

Tojikistonda 7 balli zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 7 dekabr kuni, Tojikistonda kuchli yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda Yevropa O‘rta Yer dengizi Seysmologiya markazi xabar bermoqda.

Zilzila magnitudasi 7.2 ballni tashkil qilgan. Tabiiy ofat chuqurligi – 10 km. Zilzila episentriga eng yaqin aholijoy – Murg‘ob (89 km).

Ushbu zilzilaning to‘lqini qo‘shni respublikalari, shu jumladan, O‘zbekistonda ham sezildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonning turli hududlarida 2-3 balldan 4-5 ballgacha bo‘lgan silkinishlar kuzatildi.

Qurbonlar va vayronaliklar haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

Top