15:53 / 08.12.2015
2122

Osiyo taraqqiyot banki Afg‘onistonga energetik xavfsizlikni ta'minlashi uchun 1,2 mlrd dollar ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) yaqindagina Afg‘onistondagi mavjud energetik obektlarni qo‘llab-quvvatlash, energiya ta'minotiga ko‘maklashish uchun yangi vositalarni taqdim etish, ta'minot sektori samaradorligini oshirish va energetika sohasida transchegaraviy savdoni kengaytish maqsadida grantlar ko‘rinishida” 1,2 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratdi, deyiladi OTB bayonotida.

Central Asia Online ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar 2015-2025 yillar davomida bir necha transhlar ko‘rinishida taqdim etiladi. “Afg‘oniston o‘z energiyasining 80 foizga yaqinini qo‘shni mamlakatlardan import qiladi”, - deydi OTB vakillari. Ularning ta'kidlashicha, mamlakatning energetik xavfsizligi “favqulodda qaram” hisoblanadi.

Birinchi transh turkman-afg‘on aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilib, Afg‘onistonning qo‘shni mamlakatdan ko‘proq elektr energiyasi import qilishiga imkon tug‘diradi, deyiladi OTB bayonotida.

Top