Rossiya prezidenti Vladimir Putin YuKOSning sobiq rahbari, siyosatchi va oligarx Mixail Xodorkovskiyga nisbatan amnistiya e'lon qilganida u yangi jinoyatlarda gumon qilinayotganini bilmagan edi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.
“Uning xabari yo‘q edi, xabari bo‘lishi ham mumkin emas edi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Peskov Xodorkovskiyning Nefteyugansk hokimi Vladimir Petuxovning o‘ldirilishiga aloqador ekanligidan bexabarligini ta'kidlab o‘tdi.