O‘zbekiston | 12:27 / 09.12.2015
3613
1 daqiqa o‘qiladi

14-15 dekabr kunlari Xitoyda ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining navbatdagi 14-yig‘ilishi 14-15 dekabr kunlari Xitoyning Chjenchjou (Xenan viloyati) shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tashkilotga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining terrorizmga qarshi kurashish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama etishlari haqida, maxsus matbuot anjumanida Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Gopin ma'lum qilgan.
Yig‘ilishda Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston bosh vazirlari, O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Afg‘oniston, Belarus, Hindiston, Eron, Mo‘g‘uliston va Pokiston davlatlari vakillari ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish