14:56 / 09.12.2015
2764

AQSh Davlat departamenti Arktikaning geografik xaritalari eskirganini aytdi

AQSh mutaxassislari Arktik kengash a'zolariga shimoliy hududlar xaritalarini qayta ko‘rib chiqib, detallarni aniqlashtirishni taklif qilmoqda, negaki arktik zona landshafti oxirgi o‘n yilliklarda sezilarli o‘zgardi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti Arktik kengashning oliy mansabdor shaxsi, AQSh Davlat departamenti okeanlar hamda ekologiya va fan bo‘yicha xalqaro ishlar byurosi vakili Juliya L. Glori Sankt-Peterburgda o‘tayotgan “Arktika: bugun va kelajak” xalqaro foruma doirasida ma'lum qildi.

“Hozir Arktikaning aniq xaritalari yetishmovchiligi mavjud, - dedi Glori xonim. – Oxirgi o‘n yilliklarda qirg‘oq chizig‘i sezilarli o‘zgardi, ko‘pgina orollar suv ostida qoldi”.
U amerikaliklarning ko‘pchiligi Arktikada bo‘lmagani va u yerning muammolaridan bexabar ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top