16:22 / 09.12.2015
3052

Dubaydagi havo sharlari festivali bekor qilindi

Ob-havo sharoitining yomonlashgani tufayli Dubaydagi havo sharlari festivali to‘xtatildi. Bu haqda Jahon havo sporti federatsiyasi (FAI) Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qildi.

WAG2015 Ballooning tadbirida Dubay yaqinida ajratilgan maxsus hududda havoga o‘nlab sharlar ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi. Ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan xabarga ko‘ra, sharlar havoga ko‘tarilishi bilan qirg‘oqdan kelgan kuchli shamol ularga xalaqit bera boshlagan, shu bois shou bekor qilingan.

Shunga qaramay, uskuna ekipajlari osmondan turib Dubayning bir qancha go‘zal manzaralari aks etgan suratlarni olishga ulgurdi. FAI bu rasmlarni ijtimoiy tarmoq orqali poylashdi.

Top