10:59 / 09.12.2015
5413

Iroq mamlakatga kirib kelgan turk harbiylari xulosasi yuzasidan NATO bosh kotibiga murojaat qildi

Iroq bosh vaziri Hayder al-Abadiy NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergga Turkiya o‘z qo‘shinlarini mamlakatning shimoliy qismidan olib chiqib ketishiga ta'sir o‘tkazishini iltimos qilib chiqdi. Bu haqda vazirning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, Abadiyning iltimosi telefon orqali bildirilgan.
“Turkiya o‘z qo‘shinlarini mamlakatning shimoliy qismidan olib chiqib ketishi uchun NATO o‘z mavqedan foydalanishi lozim”, — deyiladi ma'lumotda.

Iroqning iltimosiga ko‘ra, 48 soat vaqt davomida turk qo‘shinlari mamlakat hududini tark etishlari lozim.

Top