23:53 / 09.12.2015
4712

Keyt Middlton malika Diananing tojini ilk bor taqdi

Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton har yili Bukingem saroyida o‘tkaziladigan diplomatik qabuo marosimida “Muhabbat rishtalari” deb nomlangan malika Diananing tojini ilk marta taqib chiqdi. Bu haqda Daily Express yozmoqda.

Middlton marvaridlar va 19 olmosli arkadan iborat tojni shahzoda Uilyam bilan uchrashuv vaqtida taqib chiqqan. Bundan tashqari ushbu qabulda, qirolicha Yelizaveta II, shahzoda Filipp, qirollikning boshqa oila a'zolari, shu bilan birga turli davlatlar elchilari, xorijiy diplomatlar va yuqori martabali shaxslar ishtirok etgan. Uchrashuvda 1,5 ming nafar mehmon qatnashgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, gersoginya ushbu tojni 2011 yilning 29 aprelida shahzoda Uilyam bilan bo‘lgan nikoh to‘ylarida taqishi lozim edi, ammo u o‘shanda boshqa bezak taqib chiqqan.

Top