Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volgogradda qalbaki spirtli ichimliklar sexida o‘zbek va tojiklar ishlagani aniqlandi
Volgogradda politsiya xodimlari Federal xavfsizlik xizmati va migratsiya nazorati vakillari bilan birgalikda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yashirin sexni aniqlashdi.
Tsex qarovsiz parranda fabrikasi ichida joylashgan bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, sexda O‘zbekiston va Tojikistonning 40 dan ortiq fuqarosi ishlagan. Ulardan birortasining ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan.
Tergov idoralari ushbu holat yuzasidan tergov boshladi. Noqonuniy ishchilarga nisbatan ma'muriy ish qo‘zg‘atildi. Ishlab chiqarish egalari va ishchilarni yollaganlar shaxsi aniqlashtirilmoqda.