19:49 / 10.12.2015
6726

O‘zbekiston yiliga 1,4 mlrd kub yonilg‘ini iqtisod qilmoqchi

O‘zbekiston issiqlik elektrostansiyalariga umumiy quvvati 1970 MVt bo‘lgan yangi par-gaz uskunalarini ishga tushirish orqali yiliga qariyb 1,5 milliard kub miqdoridagi yonilg‘ini tejashni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Sputnik agentligi "O‘zbekenergo"dagi axborot manbasi ma'lumotiga tayangan holda.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, yangi par-gaz qurilmalari Tolimarjon, Toshkent, Taxiatosh, Navoiy IESlariga o‘rnatiladi. Mazkur zamonaviy uskunalar yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, ularning har biri yiliga 360 million kub yonilg‘ini iqtisod qiladi.

“Mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatib turgan elektrostansiyalarda keng miqyosli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini olib borib, elektr tarmoqlari, qo‘shimcha elektr stansiyalari (podstansiya) va yangi quvvat ishlab chiqaruvchilari barpo etiladi”, - dedi tashkilot vakili.

Bundan tashqari, mutaxassisning aytishicha, 2020 yilga qadar “O‘zbekenergo” mavjud 15ta gidrostansiyada ham modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda.
2020 yilga qadar qabul qilinadigan yillik investitsion dasturlarda umumiy qiymati 8,9 milliard dollarni tashkil etuvchi 33ta investitsion loyiha amalga oshiriladi.

Top