15:16 / 10.12.2015
2012

Porsche sotuvlari ko‘rsatkichlari birinchi marta 200 mingdan oshdi

Porsche kompaniyasi o‘z tarixida birinchi marta bir taqvim yili davomida 200 ming avtomobil sotishga erishdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yanvardan noyabrgacha bo‘lgan davrda 209 894 mashina sotildi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan (189 800) 24 foizga ko‘proqdir.

Noyabr oyining o‘zida kompaniya sotuvlari hajmi 18 110 avtomobilni tashkil etdi (2014 yil noyabridan 34 foizga ko‘proq). Bu xaridlarning 39 foizi (6 579 mashina) Cayenne modeliga to‘g‘ri keldi. Yo‘ltanlama markaning eng mashhur modeli bo‘lib qolmoqda – 11 oy mobaynida uning 68 ming ekzemplyari sotildi.

Porsche uchun Xitoy eng tez rivojlanayotgan bozor hisoblanadi. U yerdagi xaridlar 34 foizga ko‘tarilib, 54.3 ming donani tashkil qildi. Shunga qaramay, Yevropa uning uchun eng yirik bozor bo‘lib qolmoqda – hisobot davrida bu yerda 70.5 ming dona avtomobil sotildi (30 foizlik o‘sish). Uchinchi o‘rinda AQSh 47.9 ming mashina va 9 foizlik ko‘rsatkich bilan turibdi.

Top