Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:50 / 11.12.2015
8194
1 daqiqa o‘qiladi
Bler: agar Kaddafiy bilan 2004 yilda kelishuv bo‘lmaganida, hozir IShIDda kimyoviy qurol bo‘lar edi
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Blerning ma'lum qilishicha, agar 2004 yilda Muammar Kaddafiy bilan kelishuv bo‘lmaganida, ayni damda Liviyadagi IShID jangarilari qo‘lida kimyoviy qurol bo‘lar edi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
2004 yilda Bler Liviya yetakchisi bilan Liviyani xalqaro qurshovdan ozod qilishi, buning evaziga mamlakat kimyoviy quroldan voz kechishi haqida kelishuvga erishgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng xavfli vaziyat IShID qo‘liga kimyoviy qurol tushib qolganida yuz berishi mumkin edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish