16:13 / 11.12.2015
3474

Chililik futbolchi Urugvayga qarshi o‘yinda raqibga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgani uchun 1 yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

KONMeBOL Chili terma jamoasi futbolchisi Eduardo Vargasga qarshi intizomiy ish ochdi.

Futbolchi JCh-2018 saralashi doirasida Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘yinda ikki marta "Effenberg usuli"ni qo‘llagan ya'ni raqibga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan.

Vargas bu xatti-harakati uchun kamida bitta o‘yinga chetlatilishi aniq. Lekin uni terma jamoa safidan 1 yilga chetlatishlari hamda 4600 yevro miqdoridagi jarimaga tortishlari ham mumkin.

Qayd etish kerakki, Vargas Chilida 2015 yilning yozida o‘tkazilgan Amerika kubogi turnirida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan chempionlikka katta hissa qo‘shgandi. O‘z vaqtida "Napoli" va "KPR" jamoalarida yulduzli o‘yinlarni ko‘rsatgan bu hujumchi ayni vaqtda BAA chempionatida ishtirok etmoqda.

Top