17:15 / 11.12.2015
3487

Xodorkovskiy unga qo‘yilgan ayblar tufayli rejalarini o‘zgartirmoqchi emas

Rossiyalik muxolif siyosatchi, YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy unga qo‘yilgan ayblar tufayli rejalarini o‘zgartirmoqchi emas. Bu haqda uning matbuot kotibi Kyulle Pispanen matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi.

“Mixail Borisovichning xalqaro qidiruvga berilishi bilan erki cheklanib qolmaydi – u erkin odam va erkin dunyoda yashamoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Pispanen xonimning ishontirishicha, Xodorkovskiy uni Rossiyaga topshirishlaridan qo‘rqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Xodorkovskiy Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan Nefteyugansk hokimini o‘ldirishda ayblanmoqda.

Top