14:37 / 11.12.2015
3442

Xorazmda valyutafurush aka-ukalar 4.5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Xorazmning Urganch tumanida istiqomat qiluvchi Jahongir va Fozilbek Jalolovlar noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, ular uzoq muddat davomida bunday “qora bozor”da faoliyat yuritib borgan. Bir kuni fuqarolik kiyimidagi huquq-tartibot xodimlari ularni 100 dollarni ayirboshlash ustida qo‘lga olgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida aka-ukalar yonidan 4.406 AQSh dollari, 20 yevro, 22 ming Qozog‘iston tangasi, 58 250 Rossiya rubli va 2.178 mln so‘m topilgan.
Valyutafurushlar javobgarlikka tortilgan.

Top