23:41 / 12.12.2015
7733

OAV: Anqara Rossiya gazini turkman gaziga almashtirishni ko‘zlamoqda

«Nezavisimaya gazeta» saytida yozilgan Viktoriya Panfilova muallifligidagi «Anqara Rossiya gazini Turkman gaziga alishtirishni ko‘zlamoqda» nomli maqolada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anning 11-12 dekabr kunlari Turkmanistonga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida fikr bildirilgan.

Muallifning fikricha, Anqara shu kunlarda «turkman qartasini» o‘ynaydi, chunki Turkiya mazkur davlat va umuman Markaziy Osiyoda pozitsiyalarini kuchaytirishdan manfaatdor.

Ekspertlarning qayd etishicha, bugungi kunda Turkmaniston iqtisodiyoti yaxshilab turk biznesiga biriktiligan. Davlat byudjyetiga asosiy daromadlarni turkmanlar neft va gaz savdosidan olishiga qaramay, jonli pullar turkman va turk elitasining biznes-loyihalarida jadal qo‘llaniladi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida Turkiya Turkmaniston iqtisodiyotiga 24 mlrd dollar sarmoya kiritgan bo‘lib, 900dan ortiq investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirgan. Faqatgina oxirgi ikki yil ichida Turkiya respublikaga 10 mlrd. dollardan ortiq malbag‘ kiritgan. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 6 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Bu orada, turkman-turk iqtisodiy munosabatlari sharoitida Ashxobodning Moskva bilan aloqalari ancha kamtar ko‘rinadi (Ayniqsa 2009 yilda Rossiya tomonidan turkman gazi xaridlari qisqarganidan so‘ng).

2015 yil mart oyiga ko‘ra, RF va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi atigi 910 mln. dollarni tashkil qildi. Mazkur respublikada Rossiya iqtisodiy ishtirokining kamayishi va aksincha, Turkiya mavjudliging kengayishi tendensiyalari saqlanib qolmoqda.

Shu bilan birga, R.Erdog‘anning G.Berdimuhamedov bilan muzokaralarida hal etiladigan muhim masala Turkiyaga gaz yetkazib berishga doir. Kuni kecha Turkiya prezidenti aytganidek, Anqara Rossiyadan energiya tashuvchilari importi to‘xtatilgan taqdirda Rossiya gazi o‘rniga boshqasini topadi. Yaqinda Turkiya suyultirilgan tabiiy gaz importi to‘g‘risida Qatar bilan memorandum imzoladi. Shuningdek, Turkmaniston Anqara gaz ta'minotchisi sifatida baholanmoqda. Xususiy turk kompaniyalari Eron orqali 2 mlrd. kub metr turkman gazini sotib olishga kelishgan, ammo Anqara xaridlarni 10 mlrd. kub metrga yetkazishni ko‘zlamoqda.

Top