Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA Yevro-2016 turnirini o‘tkazish orqali 1,95 mlrd yevro daromad qiladi
UYeFA (Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi) Fransiyada o‘tkaziladigan Yevro-2016 musobaqasi orqali topadigan mablag‘ miqdori 1,95 milliard yevroni tashkil etadi. Bu haqda TASS nashri xabar tarqatdi.
UYeFA turnir o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini sotishdan 1 milliard yevro daromad qiladi. Shuningdek, chiptalar sotuvidan 480 million, atributka va boshqalar savdosidan 470 million yevro keladi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi miqdori 301 million yevro. Shundan 27 million yevro g‘olibga beriladi.
Tashkilot jami daromadning 625 million yevrosini turnirning tashkiliy ishlariga yo‘naltirgan. 24 million yevro mablag‘ni turli dasturlar uchun ajratadi.