22:01 / 13.12.2015
10269

Rossiya Turkiya attashesini Egey dengizidagi voqea salbiy oqibatlarga olib kelishidan qattiq ogohlantirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyaning harbiy attashesiga Egey dengizida Rossiyaning qo‘riqlash kemasi va turk baliq ovlovchi kemasi o‘rtasida yuzaga kelgan noxush holat yuzasidan qattiq ogohlantirdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Turk harbiy diplomatiga rasmiy Anqaraning Suriyada xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni bajarayotgan Rossiya harbiy kontingentiga nisbatan ongsiz harakatlari salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan qattiq ogohlantirdi”, deyilmoqda xabarda.

“Turk tomonining Rossiyaning “Smetlivyy” qo‘riqchi kemasiga nisbatan navbatdagi ig‘vogar harakatlari borasida chuqur xavotirlashi yetkazildi. Qo‘riqchi kema “Gechitsiler Baliqchilik” turk kemasi bilan to‘qnashib ketmaslik uchun turk kemasiga xavfsiz masofadan ogohlantiruvchi o‘q uzgan”, deb aytilmoqda xabarda.

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri o‘rnibosari Anatoliy Antonov Egey dengizidagi holat yuzasidan Turkiyaning Rossiyadagi elchixonasi harbiy attashesini chaqirtirgani ma'lum qilingandi.

Top