18:08 / 14.12.2015
2555

Brent nefti narxi 2008 yildagi minimum qiymatiga tushib ketdi

Brent nefti narxi ICE Futures birjasida 2 foizga pasayib, 36,98 dollarni tashkil qildi va 2008 yil dekabrda qayd qilingan 37 dollar qiymatdan tushib ketdi.

WTI nefti 1,5 foizga pasayib, 34,94 dollarni tashkil qildi va 2009 yil fevralda qayd qilingan 35 dollar qiymatdan tushib ketdi.

Neft narxi pasayishi 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan OPeK majlisidan keyin tezlashib ketdi. Yig‘ilish natijalariga ko‘ra neft qazib olish kvotasini ko‘tarmaslik va uni kuniga 30 mln barrel darajasida saqlab qolishga qaror qilingandi.

Rossiya rubli ham neft narxi pasayishi ortida arzonlashmoqda. Bir dollar narxi 70,785 rublni tashkil qildi va 38 tiyinga oshdi, yevro esa 77,736 rublni tashkil qildi va 54 tiyinga oshdi.

Top