Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:12 / 14.12.2015
4939
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda dollar qiymati yana qimmatlashdi
Qozog‘iston fond birjasidagi qimmatli qog‘ozlar savdosi yakuniga ko‘ra, bir AQSh dollari 331,33 tenge qiymatida baholandi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Tengening zaiflashuviga sabab neft narxining tushib ketganida, deb izohlanmoqda.
Neftning Brent markasining bir barreli 38 dollargacha tushib ketdi.
Valyuta ayirboshlashda esa 1 AQSh dollari 334 tenge deb baholanmoqda.