22:30 / 15.12.2015
4412

Qirol itini haqoratlagani uchun tailandlik 37 yilga qamalishi mumkin

Tailand fuqarosiga o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida mamlakat qiroli va uning jonivorini kulgiga olgani uun 37 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

“Oltinchi dekabr kuni uning sahifasida qirol iti haqida gapirilgan uchta surat paydo bo‘lgan”, — dedi ayblanuvchining advokati Pavini Chumsri.

27 yoshli Tailand fuqarosi Tanakorn Siripaybunga bir qator boshqa ayblovlar ham qo‘yilgan bo‘lib, jumladan, u qayta ishlangan qirol suratining ostida “menga yoqdi” belgisini qo‘yib, suratni do‘stlari bilan o‘rtoqlashganligi, mamlakatda poraxo‘rlikning avj olganligini aks ettiruvchi chizmani chizib tarmoqqa chiqarganligi kabi jinoyatlarni sodir etganligi ta'kidlanmoqda.

Top