17:58 / 16.12.2015
2129

O‘zbekiston TIVda AQSh elchisi bilan ikki mamlakat munosabatlarining 2015 yil bo‘yicha yakunlari muhokama qilindi

2015 yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston — AQSh munosabatlarining 2015 yil bo‘yicha yakunlari yuzasidan fikr almashildi, keyingi yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali, jumladan bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlarga oid amaliy masalalar muhokama qilindi.

Top