15:19 / 16.12.2015
6221

Qirg‘izistonlik bola shpritsda ishlaydigan ekskavator yaratdi

Qirg‘izistonning To‘qtagul tumani (Jalolobod viloyati) To‘luk qishlog‘ida yashovchi 7 yoshli Qalisbek o‘g‘li Barchinbek yog‘och bo‘laklari va tibbiyot shpritslari yordamida ekskavator modelini yaratdi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi xabar bermoqda.

Otasi Qalisbek Osmonovning so‘zlariga qaraganda, bola ikki hafta muqaddam televizor orqali yosh texniklar haqidagi ko‘rsatuvni tomosha qilib, so‘ng bu mashinani yasagan.
“U har doim texnikaga yaqin edi, akasi bilan doim biror nima yasab o‘tiradi. Xitoyliklar Kemin-Dodho liniyasini qurganlarida u ekskavatorlarni sinchiklab o‘rgangan edi”, - dedi Osmonov.

Uning ta'kidlashicha, Barchinbek qishloq xalqiga yordam berish uchun haqiqiy ekskavator qurishni orzu qilmoqda.

Top