10:55 / 17.12.2015
4665

AQSh Moliya vazirligi: Turkiya hukumati IShIDdan neft sotib olish bilan shug‘ullanayotgani yo‘q

Amerika hukumati turk hukumatining IShID terroristik guruhidan neft sotib olayotgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega emas. Bu haqda 16 dekabr kuni AQSh Moliya vazirining o‘rinbosari Adam Shubin Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

Undan Rossiya rahbariyatining Turkiya IShIDdan neft sotib olayotgani to‘g‘risidagi aybloviga izoh berishni so‘rashdi. “Biz Turkiya hukumati IShIDdan neft sotib olayotgani bo‘yicha hech qanday dalillarni ko‘rayotganimiz yo‘q”, - deya javob berdi o‘rinbosar.
Shubin Turkiyaning nohukumat tuzilmalari tomonidan IShID nefti xarid qilinayotgan borasida AQSh ega bo‘lgan ma'lumotlar borasida aniqlik kiritmadi.

Shubin tomonidan taqdim etilgan dalillarda IShID neftining asosiy savdosi hajmi bevosita terroristlar nazorati ostidagi neft quduqlarida bo‘layotganiga ishora qilmoqda. “Boshqa so‘z bilan aytganda, ular (neftni) vositachilar va qora bozor ishtirokchilari tomonidan sotmoqda”, - dedi AQSh Moliya vazirligi vakili.

Top