07:41 / 17.12.2015
5815

Bayden Turkiyani Iroqdan harbiylarini olib chiqishga chaqirdi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Turkiya hukumatini Iroq hududidan o‘z askarlarini olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda Oq uydagi manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar qildi.

O‘zining bu chaqirig‘ini Bayden Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan uchrashuvi chog‘ida aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Iroq suverenitetini hurmat qiladi va Anqarani ham shunday qilishga chaqiradi.

Bayden va al-Obodiy Anqaraning o‘z harbiylarini Iroqdan olib chiqishni boshlashiga ishonch bildirishgan.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqara Iroq hududidagi harbiylarini qoldirishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Turkiya 900 nafar harbiysini Iroq shimolidagi Mosul shahriga yaqin joylashgan harbiy bazaga joylashtirdi. Turkiya tomoni bu harakatini IShIDga qarshi kurash doirasida peshmurg‘larni shug‘ullantirmoqchi ekani bilan izohlagan.

Top