09:10 / 17.12.2015
2116

Fidel Kastro Gondurasning oliy milliy mukofoti bilan taqdirlandi

Gonduras milliy kongressi Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroni “orolga muntazam va yakdil yordam bergani”ga minnatdorchilik sifatida mamlakatning oliy milliy mukofoti bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda NTN24 telekanali.

Taqdirlash marosimida Kubaning Gondurasdagi elchisi Serxio Olive ishtirok etdi. Milliy kongress raisi Maurisio Oliva Gondurasning bir palatali parlamenti bu qarori bilan “Fidel Kastro shaxsida Lotin Amerikasining insonlar yakdilligi ishida shubhasiz yetakchisini tan olishini” ta'kidlab o‘tdi.

Oliva Gavanadagi Lotin Amerikasi tibbiyot maktabida ta'lim olgan yuzlab gonduraslik yoshlar tayyorlangani uchun Kuba yetakchisiga minnatdorchidlik bildirdi.

Top