Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: Gapirib charchamagan Putin, gapirishni to‘xtatadigan Mourino, Toshkentda yana yong‘in va kunning boshqa asosiy xabarlari
Bugun, 17 dekabr kuni ham dunyoda voqealar oqimi tinmadi va kun.uz sayti bu voqealarni xabarlar shaklida o‘z o‘quvchilariga yetkazishdan to‘xtamadi.
Oxirgi oy davomida kamida 3 marta katta chiqish qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun yana bir marta dunyo jamoatchiligi e'tibor markazida bo‘ldi. U jurnalistlarni o‘n birinchi marta katta matbuot anjumaniga to‘plab, ularga o‘n birinchi marta “yil hisoboti”ni o‘qib eshittirdi va uning bu safargi chiqishi kamida 3 soat davom etdi.
Bugunning yana bir asosiy voqeasi O‘zbekistonda qosh qoraygan mahal, Angliyada hali quyosh tepada payti ro‘y berdi. Ko‘pchilik kutganidek, faqat Joze Mourino kutmagan holda uni ishdan bo‘shatishdi.
Shu va boshqa muhim xabarlarni kun.uz sayti yana bir bor o‘quvchilar e'tiboriga havola etadi.
Putin va Rossiya

Putin matbuot anjumanini latifadan boshladi
Putin hukumat haqida: uning xatolarida mening ham aybim bor
Putin Erdo‘g‘an uchun javob bermaydi
Putin IShIDni “ikkinchi darajali narsa” deb baholadi
Putin keyingi yili Ukraina bilan munosabatlar yomonlashishi mumkinligini aytdi
Putin: IShID mintaqada uchinchi tomon manfaatlarini himoya qilmoqda
Putin Turkiya Su-24ni urib tushirishni AQSh bilan kelishib olganini taxmin qildi
Putin katta yuk mashinalaridan undiriladigan soliqning bekor qilinishini aytdi
Putin: Blatterga Nobel mukofotini berish kerak
Putin qizlari haqida: ular biznes bilan ham, siyosat bilan ham shug‘ullanmaydi
Putin Trampni AQSh prezidentligi uchun saylovdagi asosiy nomzod deb biladi
Kun iste'fosi

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi
"Chelsi" Mourinoga muddatidan oldin shartnomani buzgani uchun 12 mln funt tovon puli to‘laydi
The Telegraph: "Chelsi"ni mavsum oxirigacha Guus Xiddink boshqarib turadi
Shevchenko «Chelsi»da ish boshlashi mumkin
"Chelsi"ni mavsum yakunigacha Xiddink, yangi mavsumda Simeone boshqarishi mumkin
Mourino: "Chelsi" futbolchilari menga xiyonat qilishdi
Shuningdek, quyidagi xabarlarni o‘tkazib yubormaslik tavsiya etiladi:

Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi
Timoshenko Yatsenyukni jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirdi
Ekspert: Qozog‘istonning davlat apparati Rossiyanikidan samaraliroq
Obama 22 dekabrgacha vaqtinchalik byudjyet moliyalashtirishi haqidagi qonun loyihasini imzoladi
Kreml: Xodorkovskiyning bayonotlarini kuzatmoqdamiz
XVJ direktorlar kengashi Ukrainaning Rossiya oldidagi qarzini suveren deb tan oldi
Poroshenko: Ukraina YeI uchun Rossiya bilan erkin savdo bitimidan voz kechishga tayyor
Fidel Kastro Gondurasning oliy milliy mukofoti bilan taqdirlandi
Reuters: AQSh Suriya muxolifatiga o‘q-dorilarning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi
Dovudo‘g‘li Iroqda Turkiya harbiylari bo‘lishlari zarurligini aytdi
Brent neftining barreli 37 dollarga tushib ketdi
Xitoy qora materiyani o‘rganish uchun o‘zining ilk sun'iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi
Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari 19 dekabr kuni Shveytsariyada uchrashadi
Rossiya telekanallari Qozog‘istondan chiqib ketishi mumkin
BMT bosh kotibligi uchun ikki nomzod nomi ma'lum qilindi
Iroqda garovga olingan qatarlik ovchilar guruhi orasida 1 nafar kuvaytlik borligi ma'lum bo‘ldi
Shvetsiya Suriya xalqi uchun 200 mln dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami ajratadi