07:26 / 17.12.2015
2777

London aeroportida bir erkak o‘ziga jarohat yetkazdi

Londonning Xitrou aeroportida bir erkak pichoq bilan o‘ziga jarohat yetkazdi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Guvohlarning aytishicha, erkak pasport va bojxona nazoratidan o‘tgandan keyin o‘zining boshiga zarba bera boshlagan. Erkak pichoqni aeroport hududidagi restorandan olgan.

“Odamlar uni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi, biroq yaqinlashishga hayiqishdi. U o‘zidan boshqa odamga jarohat yetkazishga urinmadi, shuning uchun bu terakt bo‘lmagan, deb hisoblayman”, deb aytdi guvohlardan biri.

Ta'kidlanishicha, politsiya va tibbiy xodimlar yetib kelguncha erkakni aeroport xodimlari xavfsizlantirishgan.

Top