22:28 / 17.12.2015
3051

Qirg‘iziston hukumati parlamentga bojxonaga sovg‘a qilingan xorijiy rusumdagi avtomobillar bo‘yicha hisobot beradi

Qirg‘iziston hukumati parlamentga Davlat bojxona xizmatiga sovg‘a qilingan xorijiy rusumdagi avtomobillar bo‘yicha hisobot beradi. Bu haqdagi qaror 17 dekabrda Jogorku Kenesh yig‘ilishida qabul qilindi.

Avvalroq ikki deputat – Mirlan Jyeyencho‘royev va Ruslan Kazakboyev bojxona xizmati rahbariyati xususiy kompaniyadan yoki 3 ta, yoki 6 ta qimmatbaho avtomobil olgani haqidagi ma'lumotlar borligini aytishgandi. “Internetda qizg‘in muhokama ketmoqda. Hukumat xizmat tergovi o‘tkazsin! Bu nima bo‘lgan – porami yoki boshqa narsami? Axir bu manfaatlar ixtilofiku!”, deb aytdi “Bir Bo‘l” fraksiyasi yetakchisi Oltinbek Sulaymanov.

Bojxona xizmati raisi avtomobillarni Rossiya kompaniyasi va Qozog‘iston sanoatchilar uyushmasi berganini aytdi. “Barcha mashinalar bizning balansda turibdi, bu xususda biz moliya vazirligiga ma'lumot beramiz”, deb aytdi amaldor.

Sulaymanovning ta'kidlashicha, hech kim hech narsani shundoq bermaydi. Shundan keyin parlament spikeri hukumatdan spikerga ushbu holat yuzasidan to‘liq va batafsil javob berishni so‘radi.

Top