23:36 / 17.12.2015
2715

Shveytsariya FIFA hisob raqamlaridagi 50 million dollardan ortiq mablag‘ni muzlatib qo‘ydi

FIFA tashkilotining hisob raqamlaridagi millionlab franklar Shveytsariya hukumati tomonidan muzlatilgan.

"Shveytsariya adliya federal byurosi (FOJ) Xalqaro futbol federatsiyasidagi (FIFA) korrupsiya ishi bo‘yicha tekshiruvlar doirasida AQSh so‘rovi bo‘yicha bir necha o‘n million Shveytsariya franki miqdoridagi mablag‘ni muzlatib qo‘ydi", deya Tages-Anzeiger nashriga xabar qilgan byuro vakili Folko Galli.

Xabar qilinishicha, muzlatilgan hisob raqamlaridagi mablag‘ning umumiy miqdori kamida 50 mln frank ((50,1 mln), ko‘pi bilan 100 million frankni (100,2 mln dollar) tashkil etadi.

Amerika rasmiylari Shveytsariyadan 10ta bankdagi 50ta hisob raqami bo‘yicha ma'lumot so‘ragani aytilgan.

Top