11:32 / 17.12.2015
5578

Timoshenko Yatsenyukni jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirdi

Ukraina Radasining “Batkіvshchina” birlashmasidan saylangan deputati Yuliya Timoshenko “112 Ukraina” telekanali efirida mamlakatning 2015 yildagi daromadi iqtisodiy o‘sish hisobidan emas, inflyatsiya hisobidan olinganini ta'kidladi.
“Rostini aytsam, meni bosh vazir qo‘rqitmoqda. Bu odamning hushi joyi emas xayolimda. Qo‘limda raqamlar bor. U 2015 yilda inflyatsiya 26.7 foiz inflyatsiya bo‘lishini rejalashtirgan ekan, bir tasavvur qilib ko‘ring. Amalda esa 45.8 foizga ega bo‘ldi”, - dedi Timoshenko.
Uning so‘zlariga qaraganda, inflyatsiya kutilganidan ikki barobar kattaroq bo‘lgan ekan, bu byudjyetning inflyatsiya hisobidan shishirilganinini ko‘rsatadi: “Bu daromad aslida daromad emas. Bu zarar. Shu bois ular iqtisodiyot hisobidan emas, inflyatsiya hisobidan olingan deyapman. U odamlarni qashshoq qilib qo‘ydi, narxlarni shunday ko‘tardiki, odamlar xarid qila olmay qoldi”.
“Ukraina hukumati rahbari Arseniy Yatsenyuk YaIM tushishini 5.5 foiz darajasida bo‘lishini kutgan edi, ammo real son 9 foizga yaqinlashdi. Bunday noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun bosh vazir jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim”.
“Bosh vazirni javobgarlikka tortish kerak buning uchun, - ta'kidladi sobiq bosh vazir. – Ma'muriy emas, jinoiy. Chunki mamlakat hech qachon vayron bo‘lmaganidek vayron bo‘lmoqda”.

Top