18:14 / 18.12.2015
3818

Surxondaryoda paxtaning yangi hosildor navi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassislari Seleksiya, urug‘chilik va paxta yetishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hodimlari hamkorligida «su-1001» nomli yangi paxta navini taqdim etishdi.

«Jahon» AA yozishicha, kelgusi yil yangi nav ekilgan maydonlarni kengaytirish rejalashtirilgan.

Yangi nav 2011 yildan buyon sinovdan o‘tkazilmoqda. U tez pisharligi va hosildorligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi.

O‘simlikning yangi naviga Surxondaryo viloyatidagi dalalarda ishlov berish taklif etilmoqda. Elita-urug‘chilik ishlari mazkur viloyatdagi «Surxon» tajriba xo‘jaligida olib borilmoqda.

Top