Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:28 / 20.12.2015
12147
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Asadning Eronga uchadigan samolyotini Rossiya qiruvchilari kuzatib boradi
Suriya prezidenti Bashar Asadning Eronga uchayotgan samolyotini Rossiyaning to‘rtta qiruvchisi kuzatib boradi. Bu haqda Livanning Al-Diyar gazetasi xabar bermoqda.
“AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning aviatsion qo‘mondonligi ularning kuchlari Bashar Asadni olib ketayotgan samolyotga yaqinlashmasligi haqida ogohlantirildi”, - deb yozadi nashr.
Suriya prezidenti Eronda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Uning samolyoti Iroq havo hududidan o‘tadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish