00:02 / 20.12.2015
3008

Qozog‘iston va Kuba vizasiz tartib borasida kelishib oldilar

Qozog‘iston va Kuba o‘rtasida ikkala davlat fuqarolari uchun qisqa muddatli vizasiz tartib o‘rnatish borasida kelishuv tuzildi, deb xabar berdi BNews.kz nashri.

Kelishuv Qozog‘istonning Kubadagi elchisi Konstantin Jigalov va Kuba tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roxelio Siyerra tomonidan imzolandi. Diplomatlar Gavanada uchrashishdi.

Ta'kidlanishicha, viza tartibining erkinlashtirilishi ikki davlat o‘rtasida odamlar orasidagi aloqalar, sayyohlar oqimining o‘sishi va iqtisodiy munosabatlarning kuchayishiga ko‘mak beradi.

Top