15:09 / 20.12.2015
4357

Yana bir chimkentlik juftlik o‘z to‘yida xayriya dasturxoni tuzatishdi

Dariya va Yerkebulan Joldasovlar 300 porsiya taomdan iborat dasturxon tuzatishdi. Odamlar dastlab taomlarning tekinligiga ishonishmadi. Palovga bo‘lgan navbat juda uzoq cho‘zildi. Bu haqda 24.kz xabar bermoqda.

E'tirof etish kerakki, bu Chimkentda bo‘layotgan ilk mana shunday tadbir emas. Bir necha hafta muqaddam Meirman va Saniya Sauranbek o‘z to‘ylarini bolalar uchun moslashtirilgan markazda o‘tkazishgan edi. Yoshlar ularning tarbiyachilari uchun bayram dasturxoni tuzatishgan edi.

Yerkebulan Joldasov, kuyov: “Yoshlar to‘ylarini o‘tkazish uchun juda ko‘p pul sarflashadi. Avtomobillarga beriladigan pullarni aytmaysizmi? Bu pullarni havoga sovurish emasmi? Bugun biz yuzlab odamlarning qornini to‘yg‘azdik. Bu, albatta, yaxshi. Yuiz yuir-birimizga yordam berishimiz kerak”.

Top