O‘zbekiston | 19:42 / 21.12.2015
4145
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Ostonadagi uchrashuvda qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida 21 dekabr kuni, Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqaviy “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” vazirlar darajasidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Navbatdagi forum kun tartibida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi (YeI) bilan turli sohalardagi hamkorligi, YeIning Markaziy Osiyo uchun strategiyasini amalga oshirish hamda hamkorlik samarasini oshirish masalalari muhokama etildi.

Bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida o‘zaro manfaatli bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro masalalarda fikrlar almashildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish