14:51 / 21.12.2015
8663

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kuchli qor haydovchilarga qiyinchiliklar tug‘dirdi

O‘tgan dam olish kunlarida (19-20 dekabr kunlari) O‘zbekistonning tog‘li tumanlarida kuchli qor yoqqani sababli, ayrim haydovchilar muammolarga duch kelishdi.

Bu haqda internet foydalanuvchilari xabar bermoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, avtotransport harakatining qiyinlashuvi Qamchiq dovoni, Chimyon va Qoronko‘l (Bo‘stonliq tumani)da kuzatilgan.

Internetga joylashtirilgan suratlarda ko‘pgina avtoulovlar chuqur qor uyumlariga tiqilib qolganini ko‘rish mumkin.

Biroq shunga qaramay, Qamchiq dovonida yo‘l tozalovchilar faol ish olib borishgan.

O‘zbekiston FVV ma'lumotiga ko‘ra, ushbu tumanda dam olish kunlari kuchli muzlashlar kuzatildi, harorat 10 darajagacha sovuq bo‘ldi hamda qalin tuman 50-100 m masofagacha ko‘rish imkoniyatini pasaytirdi.

Foydalanuvchilar qordan tashqari, Chimyon yo‘llaridagi muzlamalarlarni ham qayd etishgan.

“G‘azalkentgacha yaxshi, lekin undan keyin yo‘llar muzlagan”, - deb yozadi haydovchilardan biri.

Aytilishicha, havo harorati yomonlashgandan so‘ng Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tog‘li hududlarga olib boruvchi yo‘lni yopishgan.

Top