19:41 / 22.12.2015
3487

Hindiston va Rossiya o‘rtasida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha kelishuv imzolanadi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 23-24 dekabr kunlarida Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Hindiston TIV rahbari o‘rinbosari Subramaniam Jayashankar ma'lum qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu kunlarda har yilgidek Rossiya-Hindiston sammiti o‘tkaziladi. Bu Modining hukumat tepasiga kelganidan buyon ikkinchi marta shunday sammitda qatnashishi bo‘ladi (Bu yilgi sammit navbati bo‘yicha o‘n oltinchisi).

Uning bu safari davomida Hindiston va Rossiya o‘rtasida terrorizmga qarshi kurash borasida kelishuv imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Kelishuvda razvedka ma'lumotlarini almashish, mutaxassislarni malakasini oshirish masalalari o‘z aksini topishi aytilmoqda.

Avvalroq, Narendra Modi va Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin uchrashuvi yakunida uning Rossiyaga birinchi safari ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarilishi haqida ta'kidlangan.

Top