06:33 / 22.12.2015
5822

Tojikiston IShIDga qarshi islom koalitsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmaydi

Avvalroq OAVlarda Ozarbayjon va Tojikiston Saudiya Arabistoni boshchiligidagi islom koalitsiyasiga qo‘shilish imkoniyati masalasini muhokama qilayotganlari ma'lum qilingandi.

Biroq Tojikiston rasmiy darajada IShIDga qarshi islom koalitsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda TASS axborot agentligi muxbiriga Ostonaga  “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Parviz Davlatzoda ma'lum qildi.

“Biz umuman bu masalani ko‘rib chiqmaymiz”, deb aytdi Davlatzoda.

Avvalroq “Ash-Sharq al-Avsat” umumarab gazetasi Ozarbayjon va Tojikiston islom koalitsiyasiga qo‘shilishni ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan. Ma'lum qilinishicha, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yanvarda Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi va mamlakat qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan uchrashadi. Xabarda ta'kidlanishicha,  tomonlar terrorchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xususan Dushanbening islom harbiy blokida ishtirok etish imkoniyatini muhokama qiladilar.

Top