22:24 / 23.12.2015
3190

NASA Marsga missiyani keyinga qoldirdi

AQShning aerokoinot agentligi NASA 2016 yilning mart oyiga rejalashtirilgan Marsga InSight avtomatik stansiyasini yuborishni keyinga qoldirdi. Missiya stansiyaning bosh ilmiy asbobi – seysmografdagi nosozliklar tufayli barbod bo‘ldi. Ushbu seysmograf Fransiyaning Koinot tadqiqotlari milliy markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Seysmografning datchiklari Mars sharoitlarida ishlash uchun vakuum qobiq bilan himoyalangan. Sinovlar paytida unda teshik borligi aniqlangan. Uni bartaraf etishga urinishlar qoniqarli natija bermadi. NASA ushbu nosozlikni 2013 yil martigacha bartaraf etib, qurilmani yana qaytadan sinashga ulgura olmasligini tan oldi.

InSight’ning parvozi qachonga qoldirilgani haqida ma'lumot berilmadi. Taxminlarcha, missiya 2018 yilgacha qoldirilishi mumkin. Chunki Yer va Marsning o‘zaro joylashishi hisobga olinsa, olimlarda eng muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirish uchun har 26 oyda bir necha haftagina vaqt bo‘ladi.

Top