08:10 / 23.12.2015
6840

Obama tan soqchisining to‘pponchasi va fleshkasi o‘g‘irlab ketildi

Vashingtonda Maxfiy xizmat agentining to‘pponchasi, nishoni, ratsiyasi, qo‘lkishanlari va fleshkasi o‘g‘irlab ketildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

O‘g‘irlik kunduzi agent mashinasini shahar markazida parkovka qilib, ish yuzasidani uni xoli qoldirganda sodir etilgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi AQSh prezidentini qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi bo‘limda ishlaydi.  

Maxfiy xizmatdan ushbu holat yuzasidan rasmiy izohlar berilmadi, biroq telekanal  manbasi yuz bergan voqeani Maxfiy xizmat ishiga xavf soluvchi deb qaramasligini aytdi. 

Top