Jahon | 11:59 / 23.12.2015
2281
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston 2016 yilda viza berish tartibini yengillashtiradi

 2016 yilda Qozog‘iston islohot o‘tkazib, chet el fuqarolariga vizalar berish tartibini yengillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov matbuot anjumani chog‘ida xabar qildi.

“Keyingi yilning birinchi choragida biz Qozog‘iston vizalarini berishning yangi qoidalarini joriy etishni rejalashtirmoqdamiz. Bu qoidalarning asosiy mazmuni shundan iboratki, viza olish yengillashtiriladi, mamlakatimizga kelmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolariga yengillik va qulayliklar yaratiladi. Tabiiyki, bu zamonaviy asosga o‘tkaziladi”, — uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish