YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.
"Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 1998-1999 yillarda YuKOS neft kompaniyasi boshqaruvi raisi va aksiyadori bo‘lgan Xodorkovskiy xodimlari Nevzlin va Pichuginga Petuxov hamda Yevgeniy Ribinni o‘ldirishni topshirgan. Ribin Avstriyaning East Petroleum Handels kompaniyasi boshqaruvchisi bo‘lgan.
Tergov natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu jinoyat aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirilgan", deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan oldinroq, sud Xodorkovskiyni sirtdan qamoqqa hukm qilgandi.
Tergov qo‘mitasi: Xodorkovskiy muddati o‘tishi bahonasi bilan jazodan qochib qutulolmaydi
Xodorkovskiy Nefteyugansk hokimini o‘ldirishni tashkillashtirishda ayblandi
Kreml: Xodorkovskiyning bayonotlarini kuzatmoqdamiz
Xodorkovskiy unga qo‘yilgan ayblar tufayli rejalarini o‘zgartirmoqchi emas
Xodorkovskiyni “Otkrytaya Rossiya” idorasidagi tintuvlar “kuldirdi”