16:02 / 24.12.2015
5011

OAV Obama IShIDga yetarli baho bera olmayapti, deb hisoblaydi

AQSh prezidenti Barak Obama IShIDning terrorchilik tahdidi faqat “OAVdagi shovqin-suron” bilan bog‘liq deb hisoblab, xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Washington Examiner kolumnistining fikricha, u San-Bernardino va Parijdagi voqealarni tamoman ko‘zdan qochirmoqda.

“Agar oxirgi oylarda TV ko‘rgan bo‘lsangiz, siz ko‘rgan narsa bu qora bayroq ko‘targan, qora niqobli, joningizga xarid erkaklardir. Shu bois bu odamlarni vahimaga solmoqda. Shu yo‘l bilan OAV o‘z reytinglarini ko‘tarmoqda”, - dedi prezident oxirgi chiqishlaridan birida.

Nashrning fikricha, shu yo‘l bilan Obama IShIDning tahdidini yetarlicha baholay olmayotganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, ko‘plar uning ma'muriyatini terrorga qarshi kurashda qat'iy choralar ko‘rmayotganlikda ayblamoqda. Shu yo‘l bilan Oq uy rahbari amalga oshirayotgan sa'y-harakatlari aslida yetarli ekanligini ko‘rsatmoqchi, deb hisoblaydi tahlilchi.

Top