14:56 / 27.12.2015
5845

Anjyelina Joli o‘z gonorarini musulmon qizlarning ta'limi uchun bermoqchi

Taniqli kinoaktrisa, Hollivud yulduzi Anjyelina Joli “Boquvchi” nomli animatsion filmdan oladigan o‘z daromadini afg‘on qizlarining ta'lim olishi uchun ajratmoqchi. 

Film 2017 yilda katta ekranlarga chiqadi. Hollivud aktrisasi filmning ijrochi prodyusseri sanaladi. Kartinaning yana bir prodyusseri Nora Tvomining so‘zlariga ko‘ra, Debora Ellis romani asosida suratgan olinayotgan film nafaqat ingliz, shuningdek, doriy va pushtu tilida ham chiqishi mumkin. 

So‘nggi bir necha yillardan beri BMTning elchisi Anjyelina Joli ikki marta Afg‘onistonda bo‘ldi. Qolaversa, u Afg‘onistonning shimoliy qismidagi ayollar maktablarini doimiy ravishda moliyalashtirib turadi. 

Manba: Muxlis.uz

Top