09:58 / 27.12.2015
3417

It yo‘qolganidan 6 yil o‘tib o‘z egalariga qaytirildi

Villi laqabli it 2009 yil yo‘qolganidan keyin, 6 yil o‘tib Las-Vegasdagi egalariga qaytirildi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Shotland ovcharka zotidagi 11 yoshli it egalarining aytishicha, Villi va uning ukasi Veylon Nevada tog‘laridagi hordiq vaqtida quyon ortidan quvlab ketishgan, biroq Villi qaytib kelmagan. Uni bir hafta davomida yomon ob-havo sharoitlarida izlashgan, biroq topa olishmagan.

Ushbu voqeadan 6 yil, o‘tib Rojdestvo bayrami arafasida Elko okrugidagi hayvonlar uchun mo‘ljallangan boshpanadan itning egalariga qo‘ng‘iroq qilingan va ularning itlari topilgani ma'lum qilingan. Itning egalari undagi mikrochip yordamida aniqlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, 2009 yilda uni mahalliy sherif topib, boqib olgan va keyinroq uni bir ayolga bergan. Bir necha yil o‘tib it yana qochib ketgan va boshpana xodimlari tomonidan topilgan.

Itning egalari o‘z itlarini mehmonlarga qaytadan tanishtirishlariga to‘g‘ri kelmoqda, biroq ular o‘zlarini itlari go‘yoki hech qayerga yo‘qolmagandek his qilishmoqda.

Top